Sayt test rejimida ishlamoqda

Ommalashtirish elektron platformasiga 9 mingdan ortiq ishlar kelib tushdi

13-fevral 2023-yil
image

www.ommalashtirish.uz elektron platformasidan joriy yilning 23- yanvaridan – 1-fevraliga qadar boʻlgan muddatda 34 649 nafar umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻqituvchilari roʻyxatdan oʻtdi va jami 9 064 ta hujjat kelib tushdi.

Ilgʻor tajribaga ega boʻlgan va faoliyati davomida zamonaviy metodikalarni qoʻllab kelayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ularning ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadida elektron platforma www.ommalashtirish.uz joriy etildi.

www.ommalashtirish.uz elektron platformasidan joriy yilning 23- yanvaridan – 1-fevraliga qadar boʻlgan muddatda 34 649 nafar umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻqituvchilari roʻyxatdan oʻtdi va jami 9 064 ta hujjat kelib tushdi.

Ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish elektron platformasiga hududlardagi oʻqituvchilardan kelib tushgan ishlarning 2 848 tasini metodik qoʻllanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodars tashkil etadi.

1-fevralgacha qabul qilingan ishlar dastlab bir oy davomida yaʼni 28-fevralga qadar oʻqituvchilar tomonidan baholanadi. 2-bosqichdagi saralashda esa kelib tushgan ishlar hajmiga nisbatan teng yarmi ballar yuqoriligiga koʻra ekspertlar tomonidan koʻrib chiqishga qabul qilinadi.

1-martdan 20-martga qadar saralangan ishlar ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilib toʻplangan ball darajasiga qarab 20% i respublika, 30% i viloyat va 50% i tuman darajasida ommalashtiriladi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu