Sayt test rejimida ishlamoqda

Nega bolalarga begonalar bilan qanday munosabatda bo'lish qoidalarini o'rgatish zarur?

3-fevral 2023-yil
image

Amerika qo‘shma shtatlarda har 40 soniyada bir odam yo‘qoladi yoki o‘g‘irlanadi. Har yili taxminan 840 000 kishi bedarak yo‘qolganligi haqida xabar beriladi. F.B.I. hisob-kitoblariga ko‘ra, ularning 85-90 foizi bolalardir. Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bolalar haqidagi xabarlarning aksariyati bir necha soat ichida hal etilsa-da, ko‘p hollarda bolaning o‘g‘irlab ketilgani, eksplutatsiya qilingani ma’lum bo‘ladi.

Amerika qo‘shma shtatlarda har 40 soniyada bir odam yo‘qoladi yoki o‘g‘irlanadi. Har yili taxminan 840 000 kishi bedarak yo‘qolganligi haqida xabar beriladi. F.B.I. hisob-kitoblariga ko‘ra, ularning 85-90 foizi bolalardir. Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan bolalar haqidagi xabarlarning aksariyati bir necha soat ichida hal etilsa-da, ko‘p hollarda bolaning o‘g‘irlab ketilgani, eksplutatsiya qilingani ma’lum bo‘ladi.

Bu ma’lumotlar esa bolalarni nazoratsiz qoldirganda qat’iy ehtiyot choralarini ko‘rishni, ularga begona odamlardan ehtiyot bo‘lish qoidalarini o‘rgatishni taqazo etadi. Farzandingizga notanish odamlar bilan gaplashish qoidalarini qanday o‘rgatishingiz uning yoshiga bog‘liq. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar "notanish odam" kim ekanligini bilmaydi va kim xavfli va kim xavfsiz ekanini ajrata olmaydi. Siz ularga asosiy xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishni boshlashingiz mumkin, ammo begona odamlar qanday xavf tug‘dirishi mumkinligi haqidagi suhbatlar ularning tashqi olam bilan munosabatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuning uchun ular yaqinlari va bog‘cha opalari tomonidan har daqiqada kuzatuv ostida bo‘lishlari maqsadga muvofiq.

Maktab yoshidagi bolalar esa maktabgacha yoshdagi bolalarga qaraganda jamoat joylarida ko‘proq bo‘lishadi. Shuning uchun ular begonalar bilan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida aniq ko‘rsatmalarga muhtoj. Notanish odamlar haqida gapirganda, ommaviy axborot vositalarining ayanchli voqealariga qaramay, begona odamlar haqida keskin munosabat bildirish ularning ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini unutmang.

Eng avvalo, “notanish” tushunchasini muhokama qiling. Bolalar odatda 4 yoshida bu suhbatga tayyor bo‘lishadi. Farzandingizdan: “kim begona odam hisoblanishini bilasanmi?” -  deb so‘rang. Unga ishonchli odamlarni tanishtiring. Ammo xavfsiz ekaniga ishonchingiz komil bo‘lmagan tanish odamlar (ba’zi qo‘shnilar, uzoq qarindoshlar) ham notanish odam hisoblanishini uqtiring. Farzandingizga notanish odam yaxshi yoki yomon odam emas – shunchaki, u tanimaydigan har qanday odam ekaniniayting. Zero, yomon odamlarning yomonligi tashqi qiyofasidan sezilib turishi kinolarda va kitoblardagina mavjud holat xolos. Real hayotda juda muloyim va bezarar tuyulgan odamlar ham farzandingizga xavf tug‘dirishi mumkin.

Ularga notanish odamlar orasida ham ishonchli odamlar bo‘lishi mumkinligini, va biror xavf tug‘ilsa yoki yordam kerak bo‘lsa kimga murojaat qilish mumkinligini tushuntiring. Bunday odamlar bolangizning maktabdagi o‘qituvchilari, ichki ishlar xodimlari, korxonalar, biznes markazlarida, do‘konlarda xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar bo‘lishi mumkin. Ammo, shu bilan birga, bunday odamlarni kiyimidan, yoki lavozimi ismi yozilgan belgilardan tanish mumkinligini ham ta’kidlang.

Farzandingizga agar kimdir undan shaxsiy ma’lumotlarni so‘rasa hech qachon aytmasligini, begona odamlar tomonidan taklif qilingan shirinliklar, o‘yinchoqlar va boshqa narsalarni olmaslikni, ular bilan hamrox bo‘lmaslikni va agar bu notanish odam unga yaqinlashmoqchi bo‘lsa yaqin oradagi tanish odamlar bor joyga ketish kerakligini ayting.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu