Sayt test rejimida ishlamoqda

Bioyoqilg'idan energiya olishda xorij tajribasi qanday?

21-fevral 2023-yil
image

Qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetishmasligining ortishi va muqobil energiya manbalari uchun asbob-uskunalarning texnologik darajasini oshirish kabi omillar muqobil energiyani joriy etishga undamoqda.

Gollandiyadagi Wageningen universiteti maʼlumotlariga koʻra, qancha miqdordagi goʻngdan qancha miqdor energiya olish hisoblab chiqildi. Olimlar oʻrtacha bir sogʻin sigirdan yiliga 27 kub metr goʻng chiqishi hisoblab chiqishgan. Bu miqdordan olingan metan kichik tejamkor avtomobilning 9 ming kilometr yoʻl bosib oʻtishi uchun yetarli.

Buyuk Britaniya mutaxassislari qoramol goʻngida ishlaydigan traktor ishlab chiqishdi. Mutaxassislar traktorga metanni minus 162 daraja haroratda suyuq holatda ushlab turadigan kriogen rezervuar oʻrnatishdi. Bunday traktorning kuchi 270 ot kuchiga teng va uning ishlashi dizel mashinalari bilan bir xil. Traktorga toʻgʻridan-toʻgʻri dalada yoqilgʻi quyish mumkin.

Ishlab chiquvchilar ularning texnologiyasini keng joriy etish uglerod chiqindilariga qarshi kurashda yordam berishini taʼkidlashmoqda. Bioyoqilgʻi yordamida dunyodagi eng yirik energetika kompaniyalaridan biri — Chevron uglerod chiqindilariga qarshi kurashni boshlagan.

Finlyandiyada avtomobillar bakini biogaz bilan toʻldiradigan yoqilgʻi quyish shoxobchasi (zapravka) mavjud. Finlyandiyada 180 ta fermer xoʻjaligiga ega boʻlgan Valio kompaniyasi bilan hamkorlik qiluvchi Vuorenmaa oilasi 2005-yildayoq goʻngdan biogaz ishlab chiqarishni boshlagan. Fermerlar yoqilgʻidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalangan, fermani issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlagan. Valio fermer xoʻjaliklarida hozirda goʻngdan bioyoqilgʻi ishlab chiqaradigan zavod ishlaydi. Mahsulot yetkazib beruvchi Valio yuk mashinalari ham biogazga oʻtmoqda. Kompaniya oʻz oldiga 2035-yilgacha uglerod izini nolga tenglashtirish maqsadini qoʻygan.

Rivojlangan mamlakatlarda fermalar va boshqa shu kabi obyektlardan metan olish texnologiyasi anchadan beri mavjud boʻlib kelgan, biroq hozirda shaharlar va korxonalarning chiqindilarni kamaytirish yoʻllari izlanayotgani uchun bu yoʻnalish katta eʼtiborni tortmoqda. Chevron va boshqa neft kompaniyalari bioyoqilgʻi global isishga qarshi kurashda yordam berishiga bir yoʻl sifatida qaraydi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu